09:17 / 07.09.2015
3613

Pentagon: Iroq IShID pozitsiyalariga ilk marotaba AQShdan sotib olingan samolyotlarda zarba berdi

Iroq qurolli kuchlari "IShID" jangarilariga qarshi birinchi marta AQShdan sotib olingan F-16 qiruvchi-bambardimon samolyotlaridan foydalangan holda zarba berdi. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Piter Kuk 6 sentabr kuni ma'lum qildi.

Kuk F-16 samolyotlari Iroqqa 2015 yilning iyul oyida yetkazilganini eslatib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “AQSh Iroq bilan strategik sherikchilik o‘rnatilishi tarafdori” va qolgan samolyotlar ham belgilangan jadval asosida qurib bitkazilishi bilanoq yetkaziladi.

Amerika matbuoti ma'lumotlariga ko‘ra, Iroq AQShdan umumiy 36ta F-16 samolyotini sotib olishni rejalashtirgan. Biroq ularning yetkazib berilishi juda cho‘zilib ketdi va shu sababdan Iroq hukumati bir necha bor o‘z noroziligini bildirgan.

Top