11:48 / 07.09.2015
4634

Tailand hududiga kunduz paytida meteorit tushgani kuzatildi

Tailandda meteoritni yodga soluvchi noma'lum jismning Bangkok shahriga tushgani haqida videolar paydo bo‘ldi. Bu haqda Thai PBS telekanali xabar tarqatmoqda.

Telekanal taqdim etgan videorolikda osmon bo‘ylab o‘zidan oq iz (dum) qoldirgan holda uchayotgan obekt tasvirlangan.

Noma'lum jism shu orada yorqin rangda tovlangan va keyin yo‘qolib qolgan. Kanchanaburi provinsiyasida istiqomat qiluvchi aholi portlashni eslatuvchi bir qancha ovozlarni eshitishgani haqida bildirib o‘tishgan.

Turli xildagi videoyozuvlar Bangkok aholisi tomonidan suratga olingan.

Mamlakat Astronomiya ilmiy-tadqiqot instituti olimlarining qayd etishicha, haqiqatan ham meteorit yerga tushgan bo‘lishi mumkin. Aslida bunday holatlar juda kamdan-kam hollarda, asosan tungi vaqtlarda sodir bo‘ladigan voqea bo‘lsada mazkur vaziyat kabi holatlar kuzatilishi mumkinligini bildirishgan.

Top