23:10 / 08.09.2015
3204

AQShda yuk mashinasi haydovchisi gazli ichimlik ichayotganda tiqilib qolishi 23 ta mashinaning shikastlanishiga olib keldi

Neimeyer Milk Transfer kompaniyasining sut tashuvchi sisternali yuk mashinasining 58 yoshli haydovchisi AQShning Pensilvaniya shtatida joylashgan Ermitaj shahridagi yuz bergan yirik yo‘l-transport hodisasining sababchisiga aylandi

U rulda gazli ichimlik ichib ketayotganda tiqilib qolib, yo‘tal tutib qolishi oqibatida mashina boshqaruvini qo‘ldan chiqargan. Natijada avtosisterna yo‘l chetidagi to‘siqqa borib urilgan hamda yo‘l chirog‘i ustuni va daraxtga urilib, ularni qulatib, o‘t bilan qoplangan qiyalik bo‘yicha 150 metrlik iz qoldirib, Buick-GMC-Cadillac avtosaloni avtomobillar turar joyiga chiqib ketgan va bu yerdagi 23 ta yangi avtomobilni urib yuborgan.

Avtomobillardan biri zarbadan avtosalonning savdo zali ichiga uchib kirib ketgan.
Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar haydovchi hattoki mashinani to‘xtatishga harakat qilmaganini qayd qilishdi. Hozircha unga shtat qonunlariga ko‘ra avtomobilni xavfli boshqargani uchun 200 dollar jarima solinishi mumkin.

Biroq yakuniy jarima summasi hozirda shikastlangan mol-mulk egasi va sug‘urta kompaniyalari hisob-kitob qilayotgan ziyon miqdori aniqlangandan keyin ma'lum bo‘ladi.

Top