18:00 / 08.09.2015
4131

Birinchi taymdan so‘ng: Filippin - O‘zbekiston - 0:3

Filippinda JCh-2018 musobaqasining 2-saralash bosqichidan o‘rin olgan Filippin hamda O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning birinchi taymi yakunlandi.

Birinchi taymdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi 3:0 hisobida oldinda bormoqda.

O‘yinning 2 daqiqasidayoq Odil Ahmedov tezkor gol orqali ustunlikni ta'minladi. 15 daqiqada esa Sardor Rashidov jarima maydoni tashqarisidan turib, raqib darvozasini aniq nishonga oldi. Birinchi taym oxirida esa Igor Sergeyevning goli orqali hisob yiriklashdi.

O‘yinning ilk choragida Filippinda kuchli yomg‘ir yog‘ayotgan edi. Ayni vaqtda yomg‘ir tingan. Birinchi taymda futbolchilarning almashtirilishi yoki ulardan qaysisigadir hakam tomonidan kartochka ko‘rsatilishi kuzatilmadi.

Top