19:44 / 08.09.2015
4024

Bolgariya Rossiyaga Suriyaga yordam yetkazish uchun o‘z havo koridorini taqdim qilishdan bosh tortdi

Bolgariya Rossiyaga o‘z havo hududidan Suriyaga yordam yetkazib berishni taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda Bolgariya Tashqi ishlar vazirligi ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

“Samolyotlar bortida bizga ma'lum bo‘lgan yuklar haqidagi ma'lumot bizni jiddiy xavotirlanishga majbur qilmoqda. Rad javobining sababi shundan iborat”, deb aytdi Bolgariya TIV vakili Betina Joteva.

Rossiya TIVda hozircha bu vaziyatga hech qanday izoh berilmadi.
8 sentabrda Gretsiya hukumati vakili Moskvaga Suriyaga insonparvarlik yordami yetkazish uchun boshqa Gretsiya havo koridori talab etilmasligini ma'lum qildi. Rossiya Gretsiya sharqi orqali Suriyaga parvoz qilish yo‘nalishini tanlagan edi. Rossiya samolyotlariga havo hududini yopishni Gretsiya hukumatidan Vashington so‘ragan edi.

Rossiya Suriyadagi fuqarolik urushi boshlangandan beri rasmiy Damashqqa insonparvarlik va harbiy-texnik yordam ko‘rsatib keladi. Xususan, Rossiya Suriyaga qurol-aslaha, o‘q-dorilar, sarflanuvchi materiallar yetkazib bergan hamda Suriya qurolli kuchlarini o‘rgatuvchi va maslahat beruvchi harbiy maslahatchilar va instruktorlar yuborib kelgan.

Rossiya havo ko‘prigidan tashqari, Suriyaga yordamni Novorossiyskdan Qora dengiz desant kemalaridan foydalangan holda amalga oshiradi.

Top