10:26 / 08.09.2015
2340

Yevro-2016 saralashining D, F va I guruhlarida 8 tur o‘yinlari o‘tkazildi

7 sentabr oqshomida Yevro-2016 musobaqasi saralashining guruh bosqichidagi 8 tur o‘yinlari davom ettirildi.

D guruhi
D guruhi yetakchisi Germaniya safarda Shotlandiyadan ustun keldi. Dastlabki bo‘lim jangovar durang bilan yakun topgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning avvalida Gyundogan tomonidan urilgan gol yakunda mehmonlarga g‘alabani taqdim etdi.
Bu guruhdagi ikkinchi uchrashuvda Polsha o‘z maydonida Gibraltarni 8:1 hisobida mag‘lub etdi. Irlandiya va Gruziya bahsida mezbonlar kichik hisobda g‘alaba qilishdi.
Ayni vaqtda bu guruhda 8ta o‘yindan 19 ochko jamg‘argan Germaniya birinchi o‘rinni egallab turibdi. Ikkinchi o‘ridagi polshaliklarda 17, keyingi o‘rinlardagi Irlandiya va Shotlandiyada esa 15 va 11 ochkodan bor. Gruziya va Gibraltar guruhdan chiqish imkoniyatini yo‘qotib bo‘lgan.

Shotlandiya – Germaniya 2:3 (2:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 18 Myuller, 1:1 – 28, avtogol Xummels, 1:2 – 34 Myuller, 2:2 – 43 Makartur, 2:3 – 54 Gyundogan.
Shotlandiya – Marshall, Martin, Malgryu, Xatton, Xenli, Makartur, Braun (Martin, 81), Morrison, Melouni (Anya, 60), Forrest (Ritchi, 81), Fletcher.
Germaniya – Noyyer, Xummels, Boateng, Xektor, Djan, Gettse (Shyurrle, 86), Kroos, Ozil (Kramer, 90), Shvaynshtayger, Gyundogan, Myuller.
Ogohlantirishlar: Morrison (55), Melouni (58).

Irlandiya – Gruziya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 69 Uolters.
Ogohlantirishlar: Uelan (74), Makkleyn (75).

Polsha – Gibraltar 8:1 (4:0, 4:1)
Gollar: 1:0 – 8 Grositski, 2:0 – 15 Grositski, 3:0 – 18 Levandovski, 4:0 – 29 Levandovski, 5:0 – 56 Milik, 6:0 – 59, penalti Blashchikovski, 7:0 – 72 Milik, 8:0 – 73 Kapustka, 8:1 – 87 Gosling.

F guruhi
F guruhida yetakchilik qilayotgan Shimoliy Irlandiya 8 turni o‘z maydonida Vengriyaga qarshi o‘tkazdi va 1:1 hisobida durang o‘ynab qo‘ydi. Ruminiya – Gretsiya bahsida esa nursiz durang qayd etildi. Finlyandiya Farer orollari jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Ayni vaqtda guruhda Shimoliy Irlandiya 17 ochko bilan birinchi, Ruminiya 16 ochko bilan ikkinchi bo‘lib turibdi. Vengriya va Finlyandiya esa 13 hamda 10 ochkodan jamg‘arishgan. Farer orollari (6 ochko) va Gretsiya (3 ochko) guruhdan chiqish imkoniyatiga ega emas.

Shimoliy Irlandiya – Vengriya 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 74 Guzmich, 1:1 – 90 Laferti.
Ogohlantirishlar: Laferti (10), Guzmich (19), de Almeyda (41), Maklaflin (72), Beyrd (81), Prishkin (84), Nemet (89).
Chetlatish: Beyrd (81).

Finlyandiya – Farer orollari 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 23 Poxyanpalo.
Ogohlantirishlar: Xalsti (16), Benyaminsen (33), Nayes (47), Olsen (50), Lam (65), Xansson (65), Sparv (80), uy Bartalsstovu (89).

Ruminiya – Gretsiya 0:0 (0:0, 0:0)
Ogohlantirishlar: Xolebas (68), Papp (78), Manolas (89).

 

I guruhi
I guruhi vakillari Armaniston va Daniya o‘rtasidagi bahsda hisob ochilmadi. Portugaliya esa safarda Albaniyadan ustun keldi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Migel Velozu tomonidan urilgan yagona gol, Portugaliyaning kichik hisobdagi g‘alabasini ta'minladi.
Bu guruhda 6 o‘yindan keyin portugallar 15 ochko jamg‘arishgan. Daniyaliklarda esa 7 o‘yindan keyin 12 ochko mavjud. Albaniya 11 ochko bilan uchinchi o‘rinda. Serbiya va Armaniston guruhdan chiqish imkonini yo‘qotgan.

Armaniston – Daniya 0:0 (0:0, 0:0)
Ogohlantirishlar: Kazaryan (10), Mkrtchyan (44), Yorgensen (63), Movsisyan (77).

Albaniya – Portugaliya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 90 Velozu.
Ogohlantirishlar: Jimsiti (23), Abrashi (43), Nani (82).

Top