11:06 / 08.09.2015
2017

Namangan viloyatida kontrafakt mollar savdosiga qarshi reydlar doirasida 15 mingdan ortiq disk olib qo‘yildi

Namangan viloyati hududida bahayolik, zo‘ravonlik va shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotlarni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish va namoyish etilishining oldini olishga qaratilgan qator reydlar o‘tkazildi. Bu haqda “Huquq olamida” gazetasi xabar bermoqda.

Ularda maxsus tuzilgan ishchi guruh xodimlari tomonidan jami 35 mingdan ortiq qonunbuzilishi holatlari aniqlanib, to‘rtta kompyuter jamlanmasi, 24 dona uyali telefon hamda konftrafakt usulda tayyorlangan 15 mingdan ortiq DVD disklari olib qo‘yildi hamda tegishli tartibda rasmiylashtirilib, huquqbuzar shaxslarga nisbatan ma'muriy tartibda jazo choralari ko‘rildi.
Shuningdek, ikki kishining jinoiy javobgarlikka tortilgani aytilmoqda.

Top