20:25 / 08.09.2015
6263

Nijniy Novgorodda O‘zbekiston fuqarosi politsiyachiga hujum qilib, vatandoshlarini uyatga qo‘ydi

Rossiyaning Nijniy Novgorod shahridagi Moskva temiryo‘l bekatida 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi politsiyachiga pichoq bilan hamla qilgani uchun hibsga olindi. U politsiyachiga o‘zidan hujjat so‘ralayotgan vaqtda pichoq bilan zarba bergan.

Ayni vaqtda jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan, uning hayotiga jiddiy xavf yo‘qligi aytilgan.

Jinoyatchiga esa umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. Agar jabrlanuvchi da'vo qilmasa, uni O‘zbekistonga qaytarib yuborish bilangina cheklanish ham mumkin.

Bu hodisa mahalliy telekanallardan birida atroflicha yoritilgan.

Jurnalist shu shaharda 15 yildan buyon yashovchi o‘zbekistonlik tadbirkor bilan gaplashgan.

Shu shahar aholisining sevimli joylaridan biriga aylangan kafe egasi Xalil Shodmonovning aytishicha, 15 yildan buyon bu shaharda o‘zbekistonliklar bilan bunday voqea kuzatilmagandi. U bu vatandoshining qilmishidan xafaligi, u bu qilmishi orqali boshqa vatandoshlarini uyatga qo‘yganini ma'lum qilgan.

Uning ta'kidlashicha, Rossiyada qonuniy asosda faoliyat ko‘rsatgan odam muammolarga duch kelmaydi.

Top