15:06 / 08.09.2015
3635

OAV: Qirolicha Yelizaveta II hayotiga suiqasd qilishni rejalashtirgan jangari Suriyada yo‘q qilingan

Suriya hududida amalga oshirilgan havo hujumlari natijasida Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta Ikkinchini o‘ldirishni rejalashtirgan jangari bartaraf etilgan. Bu haqda Express nashri xabar qilgan.

Mamlakat bosh vaziri Devid Kemeronning ma'lumotiga ko‘ra, bu jangari avgust oyining so‘nggi kunlarida o‘ldirilgandi.

Qayd etilishicha, qirolichaning hayotiga Ikkinchi jahon urushi yakunlanganiga 70 yil to‘lgan kunda (3 sentabr - kun.uz izohi) suiqasd amalga oshirilishi rejalashtirilgandi.

Top