16:22 / 08.09.2015
2736

Qozog‘iston, Ozarbayjon va Qirg‘iziston rahbarlari turkiy tilli davlatlar sammitida ishtirok etadi

Qozog‘iston, Ozarbayjon va Qirg‘iziston rahbarlari Ostonada bo‘lib o‘tadigan turkiy tilli davlatlar rahbarlarining V sammitida ishtirok etadi. Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov bayonot berdi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Ostonada o‘tadigan turkiy tilli davlatlar rahbarlarining V sammitida ishtirok etmaydi.
“Obektiv sabablarga ko‘ra Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ushbu tadbirda ishtirok eta olmaydi”, - ta'kidlaydi u.

Ilgariroq Erdo‘g‘an qozog‘istonlik hamkasbi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot o‘tkazib, sammitni o‘tkazishning muhimligini ta'kidlab o‘tgan edi.
Sammit 11 sentabr kuni o‘tkaziladi.

Top