18:51 / 08.09.2015
14542

Rayhon yer osti yo‘lida onasi bilan yotgan bolalarni asrab olish istagini bildirdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xonanda Rayhon Toshkent univermagi yaqinidagi yer osti yo‘lida ikki bolasi bilan yotgan ayol suratidan juda ta'sirlanganini bildirgan.

"Sayyod.com"ning yozishicha, u bu bolalarni asrab olmoqchiligini ham aytgan.

"Balki taqdir taqozosi tufayli o‘sha ayol shunday hayot kechirishga majburdir, biroq bolalarini bu ahvolda yo‘qotib qo‘yishi mumkin. Hozir bu bolalarni vaqtinchalik bo‘lsa ham o‘zimga olish haqida o‘ylayapman. Bunda menga yordam bering, suratni har safar ko‘rganimda yuragim chilparchin bo‘layozmoqda. Turkiya sohiliga jasadi chiqib qolgan suriyalik bolakayning suratini ko‘rgach ham o‘zimni ancha paytgacha yig‘idan to‘xtata olmadim", — deydi u "Sayyod.com" blogeriga.

Blogerning ma'lum qilishicha, bu suratlardagi odamlarni topishning iloji bo‘lmagan.

Top