21:41 / 08.09.2015
5509

Rossiyaning Murino zamonaviy posyolkasidagi qurilishda O‘zbekiston fuqarosi o‘zini osib qo‘ydi

Rossiyaning Leningrad viloyatida joylashgan Murino zamonaviy posyolkasidagi “Lider Grupp” kompaniyasining “Tri kita” turar-joy majmuasi qurilishida o‘zbekistonlik muhojirning dorga osilgan jasadi topildi, deb xabar berildi 47news nashriga huquq-tartibot muassasalarida.

Ma'lum bo‘lishicha, ishchining jasadi 7 sentabr kuni qurilish maydonchasidagi quruvchilar vagonchasiga kiraverishda elektr kabeldan yasalgan sirtmoqqa osilgan holda topilgan. Halok bo‘lgan oyog‘i ostida to‘nkarilib qo‘yilgan tunuka chelak topilgan. Marhum 27 yoshli o‘zbekistonlik ekanligi aniqlandi.

Vagonchada yashagan ishchining aytishicha, bundan avval marhum uning yoniga ertalabki 6 larda mehmonga kelgan. So‘ngra u marhumni bir o‘zini qoldirib, qurilish obektiga ketgan.
Tergov olib borilmoqda. “Lider Grupp” kompaniyasida ushbu holat yuzasidan tezkor izoh bera olishmadi.

Top