07:02 / 08.09.2015
2983

Samsung haydovchilar uchun yo‘lda ketayotganda smartfonni boshqarish rejimini taqdim qildi

Samsung kompaniyasi Berlinda bo‘lib o‘tayotgan IFA ko‘rgazmasida Car Mode for Galaxy rejimini namoyish qildi. Bu rejimga binoan Galaxy-smartfonni avtomobilga ulash va harakatlanish paytida uning asosiy funksiyalaridan (musiqani yoqish, xarita bilan taqqoslash, xabarlarni eshittirish va h.k.) xavfsiz foydalanish mumkin. Yangi xizmatni Android-smartfon, asboblar panelidagi tachskrin yoki ruldagi tugmalar bilan boshqarish mumkin bo‘ladi.   

Car Mode for Galaxy xizmati Mirror Link bo‘yicha ulana oladigan (Honda, Mercedes, BMW, Toyota va boshqa kompaniyalar ishlab chiqaradigan) istalgan avtomobil bilan ishlay oladi. Xizmatning mobil dasturini ko‘chirib olish mumkin. 

O‘tgan yilning martida shunga o‘xshash CarPlay tizimini Apple, yozida esa Android Auto interfeysini Google taqdim qilgan edi. Bu tizimlarning barchasi bir maqsadda – yo‘ldan e'tiborni uzmagan va ruldan qo‘lni olmagan holda smartfonni boshqarishga xizmat qiladi. Haydovchilar yo‘l-transport hodisasiga tushish xavfidan xavotirlanmagan holda qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishlari, xabarlarga javob berishlari, xaritada yo‘nalishlarni qurishlari, yo‘ldagi vaziyatni kuzatish (tirbandliklar va YTHlar) hamda internetda ma'lumot izlashlari mumkin.

Android Auto’dan farqli o‘laroq,  Car Mode for Galaxy dasturi ekotizimi yopiq ishlangan. Bu foydalanuvchilar faqatgina Samsung va uning hamkorlari ishlab chiqargan funksiyalar, xizmatlar va dasturlarni ishlata olishlarini anglatadi. Ehtimol kelajakda yangi rejimni qo‘llab-quvvatlash nafaqat Galaxy-smartfonlarda, balki Gear S2 kabi “aqlli” soatlarda ham paydo bo‘ladi.  

Top