22:50 / 08.09.2015
2383

Serxio Romero: «Van Gaal mening kareramni saqlab qoldi»

"Manchester Yunayted"ning argentinalik darvozaboni Serxio Romero o‘zining ayni damdagi murabbiyi Lui van Gaaldan minnatdor ekanini izhor qildi.

Uning tan olishicha, gollandiyalik mutaxassis o‘zini Angliyaga chaqirib va asosiy tarkibda o‘ynatish orqali uning futbolchilik faoliyatini saqlab qolgan.

"Van Gaaldan minnatdorman. Jahon chempionati va Kopa Amerikadagi muvaffaqiyatli ishtirokimga qaramasdan yozda o‘zimga yangi klub topishim qiyin bo‘lgandi. Lekin men orzu bilan yashadim va bunga erishdim", deydi darvozabon.

U shuningdek, darvozabon uchun murabbiyning ishonchi juda muhimligini ta'kidlab o‘tgan.

Top