08:33 / 08.09.2015
3521

So‘nggi bir kunda Tojikistonda Nazarzodaning 20 tarafdori qo‘lga olindi

Oxirgi 24 soat ichida tojikistonlik huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari general Nazarzodaning 20 nafar tarafdorini hibsga oldi, deya xabar bermoqda TASS agentligi.

Bu haqda agentlikka mamlakat huquqni muhofaza qilish organlaridagi axborot manbasi ma'lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab qurollar musodara qilingan.

“Faqatgina so‘nggi kun ichida 15 dona Kalashnikov avtomati, bitta granatomyot, bitta snayperlik miltig‘i, olti to‘pponcha, ko‘p miqdordagi o‘q-dorilar olib qo‘yildi”, – deya ma'lum qilgan axborot manbasi.

Avvalroq esa generalning 14 tarafdori yo‘q qilingani haqida xabar berilgan edi.

Top