17:14 / 08.09.2015
3419

So‘rovnoma: O‘zbekistonliklarning 91.9 foizi o‘zini mamlakat fuqarolari deb his qiladi

“Ijtimoiy fikr” markazi “Milliy o‘zlik” mavzusida sotsiologik so‘rov o‘tkazdi. Bu haqda “Pravda Vostoka” nashri xabar bermoqda.
Undan ko‘zlangan maqsad aholida milliy o‘zlik shakllanish jarayonining borishini o‘rganishdir, uning strukturasi, omillar va mustahkamligini o‘rganishdir.

So‘rovnomada turli til, din va millat vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, respondentlarning yoshi, jinsi va ijtimoiy kelib chiqishi ham hisobga olindi.
Hisobotda aytilishicha, o‘zbekistonliklar o‘zligida xalq bilan birlik, vatanga va milliy madaniyatga muhabbat barqaror rivojlanib bormoqda. Ta'kidlanishicha, bu respublikada yashaydigan barcha xalqlarga xos jihatdir.
O‘tgan yilga nisbatan bu yilgi respondentlar mamlakat tarixi va madaniyati borasidagi bilimlarini yuqori baholadi. Jumladan, ularning 97.5 foizi O‘zbekiston tarixi va madaniyatini bilishlarini ta'kidlashdi.
Shuningdek, so‘rovnomada ishtirok etganlar suverenitetnining o‘ziga xos ahamiyatini yaxshi tushunishini qayd etib o‘tdi.

95.9 foiz respondent o‘zini O‘zbekiston fuqarosi deb his qilishini aytdi. 91.9 foiz esa O‘zbekistonning ko‘p millatli davlat ekanligini, barcha guruhlarning huquq va manfaatlari himoya qilinganligini e'tirof etdi.

Top