14:20 / 08.09.2015
2716

Xitoy elchisi: Qo‘shma Shtatlar Xitoy kompaniyalariga nisbatan sanksiya joriy etmasligiga umid qilaman

Xitoyning AQShdagi elchisi Tsuy Tyankay XXR raisi Si Tszinpinning AQShga tashrifidan avval Amerika Xitoy kompaniyalariga nisbatan sanksiyalar joriy etmasligiga umid bildirmoqda. Bu haqda elchi China Daily gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

Avvalroq The Washington Post gazetasi AQSh prezidenti ma'muriyati AQShdagi turli bazalardan o‘g‘irlangan maxfiy ma'lumotlardan tijoriy maqsadlarda foydalanilgan taqdirda, XXR kompaniyalariga qarshi iqtisodiy sanksiyalar joriy etishga tayyorgarlik ko‘rayotganini xabar qilgan edi. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, mazkur sanksiyalar yaqin kunlarda Amerika vazirliklari va tashkilotlarida ko‘rib chiqiladi.

Xitoylik diplomat esa har ikki tomon ham kiber xurujlar xavfi ostida qolayotgani, ayniqsa Xitoy rivojlanayotgan mamlakat sifatida bu kabi hujumlardan ko‘proq talofat ko‘rayotganini ta'kidlab o‘tdi.

“Bu esa Xitoy va AQShning mazkur sohada mojarolar va qarama-qarshiliklar xavfini kamaytirish uchun aloqa va hamkorlikni kengaytirishga yetarlicha asoslari mavjudligini ko‘rsatadi, – dedi Tsuy Tyankay. – Umid qilamanki, AQSh to‘g‘ri qarorga keladi”.

Top