10:35 / 09.09.2015
6979

“Dutorchi qizlar” guruhi yakkaxon xonandasi vafot etdi

“Dutorchi qizlar” guruhi yakkaxon xonandasi Sanobarxon Qayumova vafot etdi.

Bu haqda 7 sentabr kuni o‘zbek xonandasi Mohira Asadova o‘zining Feysbukdagi sahifasi ma'lum qildi.

Aniqlik kiritilishicha, marhuma yo‘l-transport hodisasi natijasida halok bo‘lgan.

Sanobarxon Qayumova O‘zbekiston xalq hofizi, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi Jo‘raxon Sultonovning nevarasi edi.

Top