20:05 / 09.09.2015
3034

AQShdagi turnirda rossiyalik va ukrainalik sportchi bir-birlari bilan do‘stona quchoqlashishdi

AQShning Las-Vegas shahrida Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadigan 2016 yilgi Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi erkin, yunon-rum va xotin-qizlar kurashi bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Turnirning e'tiborli voqealaridan biri bugun, gilamda emas, shohsupada ro‘y berdi. Sport kurashlari bo‘yicha Rossiya terma jamoasi a'zosi Bilol Maxov va ukrainalik kurashchi Aleksandr Chernetskiy sport siyosatni tan olmasligini namoyish etishdi.

Bu ikki sportchi ham bronza medallarga ega bo‘lishgan va medallarni qabul qilish uchun shohsupaga ko‘tarilishganida bir-birlarini do‘stona quchoqlab qo‘yishgan.

"Ukrainalik menga "Kel, bir-birimizni bag‘rimizga bosaylik va sport siyosatdan xoli ekanini ko‘rsatib qo‘yaylik", dedi. Biz do‘stona holda quchoqlashdik. Gilamdagi raqobat bizni ajratishi mumkin, lekin umuman olganda sportchilar bir-birlariga dushman sifatida qarashmaydi. Sport dunyoni qutqaruvchi go‘zallik", deydi Maxov.

Top