09:07 / 09.09.2015
1876

Avstraliya yana 12 ming nafar suriyalik qochqinlarni qarshi olishga tayyor

Avstraliya hukumati o‘z hududida qo‘shimcha ravishda 12 ming nafar suriyalik qochqinlarni kutib olishga tayyor, deya xabar qildi AVS.

Shu bilan birga, hukumat Suriya va Iroqni tark etib, qo‘shni mamlakatlarga joylashishga majbur bo‘lgan 240 ming kishi uchun moliyaviy ko‘mak sifatida 44 mln dollar miqdorida mablag‘ ajratdi. Bu haqda Avstraliya bosh vaziri Toni Ebbot ma'lum qildi, deya yozmoqda The Guardian.

Shunday qilib, mamlakat mojarolar oqibatlarini bartaraf etish uchun ajratgan insonparvarlik ko‘mak hajmi 230 mln dollarga yetdi.

Hukumatdagilarning qo‘shimcha qilishicha, ko‘mak qochqinlarning irqiy yoki milliy o‘ziga xosliklaridan qat'i nazar taqdim etiladi, biroq birinchi navbatda ayollar va bolalarga ko‘rsatiladi.

Reuters agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Avstraliya shusiz ham har yili turli mamlakatlardan qariyb 14 ming qochqinni qabul qiladi.

Top