08:07 / 09.09.2015
1781

Avstriya terma jamoasi muddatidan oldin YeVRO-2016 uchun yo‘llanma oldi

Avstriya terma jamoasi 8 sentabr kuni Yevro-2016 turniri uchun saralash bosqichi doirasida safarda Shvetsiya terma jamoasini 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Bu natijadan keyin ochkolari sonini 21taga yetkazgan avstriyaliklarga keyingi 2 tur ichida guruhdagi boshqa jamoalarning yeta olmasligi oydinlashdi. Shvetsiya esa ikkinchi o‘rindan uchinchi o‘ringa tushib ketdi. Ochkolari 12taligicha qolgan jamoa 8 turdan keyin 14 ochko bilan ikkinchi o‘rinda joylashgan Rossiya bilan ikkinchi yo‘llanma uchun kurashishda davom etadi.

G guruhida birinchi o‘rinni egallagan Avstriya birinchi marta o‘z ko‘rsatkichlari orqali Yevropa chempionatiga yo‘l oldi. 2008 yilda Avstriya turnir mezbonlaridan biri sifatida Yevropa birinchiligida ishtirok etgandi.

Ma'lumot uchun, 2018 yili Fransiya maydonlarida bo‘lib o‘tadigan musobaqa uchun shu vaqtgacha mezbonlardan tashqari Islandiya, Chexiya va Angliya terma jamoalari yo‘llanmalarni naqd qilishgandi.

Top