10:45 / 09.09.2015
2814

Belgiyaning Gent shahri ma'muriyati shahar markazidagi yo‘llarni bog‘lar va dam olish zonalariga aylantirdi

Belgiyaning Gent shahri hokimiyati “Jonli ko‘cha” (Leefstraten) loyihasi doirasida shahar markazidagi avtomobillar uchun yopiq bo‘lgan bir nechta yo‘llarni bog‘lar va dam olish zonalariga aylantirdi. Bu haqda CoExist nashri ma'lum qildi.

Avvallari mashinalar qo‘yish uchun xizmat qilgan Gentning 22ta ko‘chasi may oyidan boshlab 10 haftaga gazonlar bilan qoplangan, tuvaklarda gullar va piknik uchun stollar qo‘yib chiqilgan, bolalar maydonchalari barpo etilgan ko‘chalarga aylangan. Loyiha shahar ma'muriyati Lab Van Troje shahar yechimlari ijodiy laboratoriyasi bilan hamkorlik qilishni boshlagan 2013 yildayoq ishga tushirilgan edi.

“Biz g‘oyaning o‘zi borliqni o‘zgartirmasligini angladik. Uni hayotga tatbiq qilish uchun “Jonli ko‘cha” kabi aniq tajribalarni ishga tushirdik va bizning kelajak shahri haqidagi orzularimizni bugundayoq ro‘yobga chiqarishga qaror qildik”, deb aytdi Lab Van Troje studiyasi vakili.

Ko‘pchilik shaharliklar loyihada ko‘ngillilar sifatida ishtirok etishdi va o‘z ko‘chalariga o‘zgacha tus berishda yordam berishdi. Qo‘shnilar shu bahona tez-tez uchrashib, yaqinlashib ketishan.

Tajriba shuningdek, ularga avtomobillarsiz hayotni baholash imkonini berdi va oqibatda ba'zi shaharliklar yaqin orada avtomobillar turargohini qidirib topishdi, ba'zilar esa ongli ravishda o‘z mashinalarini Gentning markaziy qismidan tashqarida qoldirdi. O‘z avtomobilidan ikki-uch oyga voz kechishga qaror qilganlar ham topildi.

Loyiha tashkilotchilari uning asosiy strategik masalalaridan birini shahar aholisining kundalik turmushini, avtomobillar turargohlarini bolalar uchun sirpanchiqlar, o‘rindiqlar va pikniklar uchun hududlarga aylantirib, avtomobillardan xoli bo‘lgan hududga aylantirish imkoniyatida ko‘rishmoqda.

Gent shahri aholisi ma'lum muddatga o‘z avtomobillaridan foydalanmaslikka qaror qilgan yagona shahar emas. Shunga o‘xshash loyiha Janubiy Koreyada amalga oshirilgan edi va 2015 yilning kuzida Janubiy Afrikada ham amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Top