15:28 / 09.09.2015
3723

Eron Rossiyaning samolyotlari Suriyaga o‘tishiga ruxsat berdi

Eron o‘z havo hududi orqali Suriyaga gumanitar yordam olib ketayotgan Rossiya samolyotlarining o‘tishiga ruxsat berdi. Bu haqda Rossiyaning Tehrondagi elchixonasi matbuot kotibi Maksim Suslovga tayangan holda Interfaks agentligi xabar bermoqda.

“Bugungi kunda Rossiya elchixonasi Suriyaga gumanitar yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan samolyotlarning Eron havo hududlaridan o‘tishiga ruxsatnomalarni oldi”, - dedi u.
Ilgariroq Bolgariya Suriyaga parvoz amalga oshirayotgan Rossiya samolyotlariga harbiy havo koridori ochib berishga tayyorligini mamlakat tashqi ishlar vaziri Daniyel Mitov bayon qilgan edi. Buning uchun dastlab samolyotlarda yuk tekshiruvi o‘tkaziladi.
“Agar rossiyalik hamkasblar bu samolyotlar Bolgariya aerodromida tekshiruvdan o‘tkazilishiga qarshi bo‘lmasa, biz parvozlarga ruxsat beramiz”, - uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

2011-2012 yillarda YeI Kengashi qarori bilan Bashar Asad rejimiga muayyan turdagi tovarlarni yetkazib berishga taqiq qo‘yilgan edi. Bu cheklovlarga barcha YeI davlatlari amal qilishi kerak. Shunga qaramay, Bolgariya bu borada Rossiyaga yordam berishini aytmoqda.
O‘z navbatida, Rossiya FVV xalqaro faoliyat departamenti direktori o‘rinbosari Aleksandr Tomashov Rossiya Suriyaga gumanitar yordam ko‘rsatishda davom etishini ma'lum qildi.

Top