18:25 / 09.09.2015
3864

Farg‘ona vodiysida quyosh kollektorlari va fotoelektrik stansiyalar qurish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda

7-11 sentabr kunlari Farg‘ona vodiysining bir qator ijtimoiy ahamiyatga ega hududlarida “Ekoenergiya” ilmiy markazi mutaxassislari quyosh kollektorlari va fotoelektrik stansiyalar o‘rnatish bo‘yicha ishlar olib boradi.

Bunday obektlar qatorida Andijon viloyati maktabi, Namangandagi tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi hududiy bo‘linmasi, Farg‘ona viloyatidagi keksalar uyi va internat bor.
Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu tadbirlar atrof muhitni asrash bo‘yicha mintaqaviy loyihalar doirasida amalga oshirilmoqda.

Bu ishlar tugatilgach, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari xodimlari, kichik biznes vakillari, fermer xo‘jaliklari, umumta'lim muassasalari va OAV ishchilari ishtirokida tanishtiruv seminari o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Top