18:04 / 09.09.2015
1862

Google yangi tayyor bo‘lgan taomlarni yetkazish bilan shug‘ullanishni rejalashtirmoqda

Google kompaniyasi yil so‘ngiga qadar shunga o‘xshash xizmatlarni ko‘rsatayotgan Amazon va Instacart startapi bilan raqobatlashish doirasida AQShning bir qator shaharlarida yangi tayyor bo‘lgan taomlarni yetkazishni boshlaydi, deya xabar bermoqda The Verge.

Taomlarni yetkazib berish xizmati dastlab San-Frantsisko shahrida yo‘lga qo‘yiladi. Keyinroq esa yana bir Amerika shahrida ishga tushiriladi, deya xabar qildi Google Express bosh direktori Brayn Elliot.

Bundan avvalroq esa Google bo‘linmasi bir qator tovarlar, jumladan, uzoq vaqt saqlanuvchi mahsulotlarni yetkazib berish bilan shug‘ullanar edi.

Top