14:30 / 09.09.2015
3252

Gretsiya o‘z osmonini Suriyaga yo‘l olgan Rossiya samolyotlari uchun ochiq deb e'lon qildi

Rasmiy Afina Suriyaga parvoz qilayotgan Rossiya samolyotlarining Gretsiya osmonidan uchib o‘tishiga ruxsat berdi. Bu haqda chorshanba, 9 sentabr kuni Rossiyaning Gretsiyadagi elchixonasi xabar qildi.

“Rossiya Federatsiyasi elchixonasi matbuot xizmati Gretsiya hukumati Rossiya samolyotlarining mamlakat havo kengliklaridan uchib o‘tishiga ruxsat berganini tasdiqlaydi”, – deydi Afinadagi diplomatik vakolatxonasi vakili.

U Gretsiya Tashqi ishlar vazirligi Suriya uchun ajratilgan insonparvarlik yuklari ortilgan samolyotlarning parvozi uchun ruxsat berilgani to‘g‘risidagi nota 2015 yilning 31 avgustida ro‘yxatga olinganini ma'lum qildi.

Top