05:56 / 09.09.2015
3782

Iroq qo‘shinlari “IShID” jangarilarini ta'minlashda foydalanilgan tunnelni yo‘q qildi

Iroq piyoda qo‘shinlari harbiy-havo kuchlari bilan hamkorlikda “IShID” terrorchilik guruhi jangarilarini ta'minlashda foydalanilgan tunnelni yo‘q qildi, deb xabar bermoqda Fars agentligi.

Agentlik manbalari ma'lumotlariga ko‘ra, terrorchilar bir necha hafta oldin tunnel qazishni boshlashgan. Tunnel Al-Falluja shahrining janubiy qismidan boshlanib, Al-Xayakal tumani chegaralarigacha davom etgan. Tunnel uzunligi 2,5 kilometrni tashkil qilgan.

Top