15:46 / 09.09.2015
4828

Islom Karimov Tojikiston mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 8 sentabr kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Raxmon nomiga qo‘shni davlat mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabar bergan.

Tabrikda yaqin qo‘shnichilik va o‘zaro hurmat asosidagi o‘zbek-tojik munosabatlari ikki xalqhning o‘zaro do‘stligi yo‘lida rivojlanayotgani, mintaqa tinchligi va barqarorligini saqlashdan ikki davlat ham manfaatdor ekanligi ta'kidlangan.

O‘zbekiston Prezidenti ushbu tabrik telegrammasida Tojikiston rahbariga sog‘lik-salomatlik va o‘z ishida muvaffaqiyatlar, tojik xalqiga esa tinchlik yor bo‘lishini tilagan.

Ma'lumot uchun, 9 sentabr kuni Tojikiston davlat mustaqilligiga erishganining 24 yilligi nishonlanadi.

Top