09:19 / 09.09.2015
9559

KUN.UZ dayjesti: 8 sentabrda keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlar

E'tiboringizga 8 sentabr kuni o‘quvchilar tomonidan faol ravishda muhokama qilingan xabarlarni takroran havola etamiz.

Adult Player dasturi foydalanuvchilarni yashirin tarzda suratga olgan>>

Kattalar uchun mo‘ljallangan Adult Player dasturi foydalanuvchilarni yashirin tarzda suratga olgan va smartfonga kirishni to‘sib qo‘ygan.

Adult Player foydalanuvchini old kameraga unga bildirmasdan suratga olgan. Shundan keyin dastur smartfon ekranini to‘sib, undan chiqib ketish uchun 500 dollar so‘ragan.

Peterburgda mijoz muvaffaqiyatsiz plastik operatsiya tufayli shifoxonada otishma uyushtirdi va o‘zining joniga qasd qildi>>

Sankt-Peterburgning “Rossiya temir yo‘llari” kompaniyasiga tegishli Dorojnaya klinik shifoxonasida plastik jarrohlik o‘tkazgan mijoz otishma uyushtirdi, deb Sankt-Peterburg prokurorining OAVlar bilan aloqalar bo‘yicha yordamchisi Marina Nikolayevaga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi ma'lum qildi.

Nazarboyev qozog‘istonliklarni banandan voz kechishga chaqirdi>>

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev fuqarolarini G‘arb mahsulotlari va iste'mol tovarlaridan voz kechishga chaqirdi.

Lola Yo‘ldosheva xatolaridan xulosa chiqardimi?>>

Estrada xonandasida Lola Yo‘ldoshevaning ham keng omma ko‘z o‘ngida jamiyatimiz ko‘nikmagan qiyofada namoyon bo‘lgani keskin tanqid ostiga olindi. Uning sharqona mentalitet qon-qoniga singib ketgan muxlislar oldida tanasining katta qismini ochgan holda chiqishi, uning ustiga, noloyiq xatti-harakatlarni sodir etgani nafaqat oddiy odamlar, balki ko‘pni ko‘rgan, hayotning og‘ir-yengil sinovlarida toblangan kishilar, ziyolilarning ham e'tirozlariga sabab bo‘ldi.

IShID 130 bolani o‘g‘irlab, ularni mashg‘ulot lagerlariga jo‘natdi>>

IShID jangarilari so‘nggi bir necha kun ichida Mosul shahrida 127 nafar bolani o‘g‘irlab ketib, ularni mashg‘ulot lagerlariga yubordi, deya xabar bermoqda IraqiNews.

Olma-Otada ona 2 qizini derazadan tashlab yubordi>>

Aytilishicha, ona 2 qizini derazadan tashlab yuborgan. Uning kichkina qizi 1.5 yoshda bo‘lgan. 8 yoshli katta qizi deraza chetini ushlab qolganida ayol unga pichoq bilan zarba bergan.

Google, Apple va Microsoft AQShga foydalanuvchilar xabarlarini oshkor qilishdan bosh tortmoqda>>

Google, Apple va Microsoft singari AQSh texnologiya kompaniyalari mamlakat Adliya vazirligi hamda Federal qidiruv byurosi (FQB)ning foydalanuvchilar xabarlarini o‘qishga ruxsat so‘rab qilgan ko‘plab murojaatlarini rad etib kelmoqda.

Mo‘sulda IShID jangarilari 127 bolani olib qochib ketishdi>>

Aytilishicha, bolalardan biri jangarilarga qarshilik ko‘rsatib, ulardan 2 nafarini o‘ldirgan.

AQShda sport kurashlari bo‘yicha turnir tashkilotchilari Rossiya gimnini adashtirib yubordi>>

Turnirda Rossiya vakili Roman Vlasov 75 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Buning uchun u finalda daniyalik Mark Madsen ustidan g‘alaba qozonishi talab etildi. Videoni tamosha qilish.

Poroshenko: Rossiya Ukrainani boshqa gaz bilan shantaj qila olmaydi>>

Rossiya Ukrainani boshqa gaz bilan shantaj qila olmaydi. Bu haqda Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko aytib o‘tdi.

Nijniy Novgorodda O‘zbekiston fuqarosi politsiyachiga hujum qilib, vatandoshlarini uyatga qo‘ydi>>

Rossiyaning Nijniy Novgorod shahridagi Moskva temiryo‘l bekatida 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi politsiyachiga pichoq bilan hamla qilgani uchun hibsga olindi. U politsiyachiga o‘zidan hujjat so‘ralayotgan vaqtda pichoq bilan zarba bergan.

Bolgariya Rossiyaga Suriyaga yordam yetkazish uchun o‘z havo koridorini taqdim qilishdan bosh tortdi>>

Bolgariya Rossiyaga o‘z havo hududidan Suriyaga yordam yetkazib berishni taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda Bolgariya Tashqi ishlar vazirligi ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Rayhon yer osti yo‘lida onasi bilan yotgan bolalarni asrab olish istagini bildirdi>>

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xonanda Rayhon Toshkent univermagi yaqinidagi yer osti yo‘lida ikki bolasi bilan yotgan ayol suratidan juda ta'sirlanganini bildirgan.

Goldman Sachs: Rossiya kompaniyalari go‘yo neft narxi 100 dollar bo‘lib turganday daromad ko‘rmoqda>>

Rossiya neft kompaniyalarining aksiyalari joriy yilning boshidan buyon soliq manyovrlari va rubl kursi o‘zgaruvchanligi hisobiga ko‘pgina g‘arblik raqobatchilaridan bir qadar o‘zib keta oldi. Bu birjadagi savdolar ma'lumotlarida namoyon bo‘ldi.

VIDeO: Malayziya va Saudiya Arabistoni uchrashuvi tribunadagi tartibsizlik tufayli yakunlanmay qoldi>>

2018 yilgi jahon chempionati uchun saralash bosqichidan o‘rin olgan Malayziya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv muxlislarning tartibsizliklari tufayli to‘xtatildi va noma'lum muddatga kechiktirildi.

Rossiyaning Murino zamonaviy posyolkasidagi qurilishda O‘zbekiston fuqarosi o‘zini osib qo‘ydi>>

Rossiyaning Leningrad viloyatida joylashgan Murino zamonaviy posyolkasidagi “Lider Grupp” kompaniyasining “Tri kita” turar-joy majmuasi qurilishida o‘zbekistonlik muhojirning dorga osilgan jasadi topildi.

Top