10:32 / 09.09.2015
5099

KUN.UZ dayjesti: 8 sentabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 8 sentabr kuni ro‘y bergan eng muhim va qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Ericsson Mobility Report: Dunyo bo‘ylab ro‘yxatdan o‘tgan SIM-kartalar soni 7,2 mlrd.ga yetdi >>

Ericsson kompaniyasi 2015 yilning 2-choragi uchun Ericsson Mobility Report hisobotining navbatdagi nashrini taqdim etdi. Unga ko‘ra, joriy yilning 1 aprelidan to 30 iyuniga qadar 53 mlndan ortiq yangi mobil ulanishlar qayd etilib, umumiy ulangan SIM-kartalar soni 7,2 mlrd.ga yetdi. 

Oxirgi 5 yilning eng ommaviy mobil dasturlari ma'lum qilindi>>

Candy Crush Saga o‘yini iPhone va iPad uchun eng ommaviy mobil o‘yin, Clash of Clans eng katta foyda keltirgan mobil o‘yin va Pandora Radio dasturi esa eng katta daromad keltirgan dastur bo‘ldi. 

Buffon Italiya terma jamoasidagi debyutini Moskvadagi "loy jangi"da o‘tkazgan>>

6 sentabr kuni Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluidji Buffon Bolgariyaga qarshi Yevro-2016ga saralash o‘yinida maydonga tushdi. U bu o‘yinda bir qator seyvlar amalga oshirib, terma jamoasining Fransiyadagi 2016 yilgi Yevropa chempionati tomon yaqinlashishiga hissa qo‘shdi.

BMT: Yerda o‘rmonlarning qisqarishi sur'atlari 2 barobarga sekinlashdi>>

BMT oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti rahbari Joze Grasianu da Silvaning ta'kidlashicha, insoniyat o‘rmonlarning qisqarib ketishi muammosini bartaraf qilish borasida muayyan yutuqlarga erishmoqda. 

"Barselona" ECA talqini bo‘yicha Yevropaning eng yaxshi klubi bo‘ldi>>

"Barselona" jamoasi Yevropa klublari assotsiatsiyasi (ECA) talqini bo‘yicha Yevropada yilning eng yaxshi klubi deb topildi. Bu haqda jamoaning matbuot xizmati xabar bergan.

Amazon 50 dollarlik planshet chiqaradi>>

Amazon kompaniyasi elektronika bozoriga eng arzon gadjyetni chiqarmoqchi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri yozmoqda. Planshet 6 dyuymli ekranga ega bo‘ladi.

Toyota uchar avtomobil uchun qanotni patentladi>>

Har bir qanot yig‘ilganida kamroq joy egallashi uchun ularning profilini harakatchan qilib yaratish rejalashtirilmoqda. Qanotlar mashinaning tomiga mustahkamlanadi.

Forbes yozning eng omadsiz filmlarini reytingini e'lon qildi>>

Forbes yozning eng omadsiz filmlarini reytingini e'lon qildi.
Ushbu ro‘yxatning boshidan “Kelajak yeri” kartinasi o‘rin oldi. 190 mln dollar byudjyetga ega kartina AQSh prokatida 92 mln, jahon bo‘yicha 206 mln dollar to‘play oldi.

Yaponiyalik mast erkak odam qiyofasidagi robotni do‘pposladi>>

Ma'lum qilinishicha, bu voqea Softnet kompaniyasining ofislaridan birida yuz berdi. Bu o‘rinda voqea qahramoni o‘zini haqoratlashganidan keyin bor alamini robotdan olishga qaror qilgan. Manbaning yozishicha, Pepper bu zarbalardan keyin ishdan chiqqan.

Haier ikkita bakli kir yuvish mashinasini taqdim qildi>>

IFA-2015 ko‘rgazmasida Haier kompaniyasi ikkita bakka ega kir yuvish mashinasini namoyish qildi. Bu haqda kompaniyaning matbuot xizmatida xabar berilgan.

Top