17:01 / 09.09.2015
5059

Kurd jangarilari Turkiya sharqidagi politsiya mahkamasini o‘qqa tutdi

Kurdiston ishchilar partiyasi jangarilari granatomyot orqali Turkiya sharqidagi Ag‘ri provinsiyasi politsiya boshqarmasi binosini o‘qqa tutdi. Mahalliy televideniyening xabar berishicha, bosqinchilik harakati seshanba, 8 sentabr tunida sodir bo‘lgan.

Terroristlar granatomyot va avtomatlar yordamida politsiya mahkamasini muntazam ravishda o‘qqa tutgan. Tartib posbonlari ham javob qaytargan. Qisqa otishmadan so‘ng jangarilar yashirinishgan. Hududda terroristlarni qidirish va qurolsizlantirish operatsiyasi olib borilmoqda. Tuman qurshab olingan. Qurolli kuchlar tomonidan qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q.

Shu bilan bir qatorda, o‘tgan tunda namoyishchilar bilan to‘qnashuvda bir politsiyachi jarohat olgan. Niqoblangan bir guruh kishilar Beybaxcha tumanida ko‘chaga chiqib, Kurdiston ishchilar partiyasiga nisbatan bag‘rikenglik talab qilishgan. Ular chiqindi konteynerlarini ag‘dargan, yo‘llarni bekitib qo‘yib, yoqib yuborishgan. Noqonuniy aksiya joyiga yetib kelgan politsiyachilar to‘dalarni tarqatib yuborgan, biroq namoyishchilarning qarshiligiga duch kelgan. Ayrim namoyishchilar politsiya xodimlariga qarshi o‘q otar qurollardan ham foydalanib, bir politsiyachini oyog‘idan jarohatlagan.

Top