15:02 / 09.09.2015
3961

Mansur Toshmatov MDUning Toshkent filialida qizi bilan duet aytdi

M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent filialida psixologiya va amaliy matematika fakultetlarining 122 nafar bitiruvchisiga bakavrlik diplomlari topshirildi. Ulardan 25 nafari imtiyozli diplomlarga ega bo‘ldi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” nashri yozmoqda.

Filial 2006 yil fevralida tashkil etilgan bo‘lib, joriy yilning o‘zidayoq uning 28 nafar bitiruvchisi Rossiya, AQSh, Germaniya va Xitoyning nufuzli universitetlariga magistraturaga qabul qilindi.
Joriy yilda bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bilan birga O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligi ham nishonlandi. Bu bayram munosabati bilan universitet xodimlari, talabalari va mehmonlari uchun dasturxon yozildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston xalq artisti Mansur Toshmatov chiqish qildi. U bitiruvchilarga kelajak hayotda omad tiladi. Bitiruvchilar ichida san'atkorning qizi Sabina ham bor edi. Ota va qiz birgalikda yig‘ilganlar uchun duet kuylashdi.

Top