01:15 / 09.09.2015
2489

Moldova prezidenti iste'foga ketmasligini aytdi

Moldova prezidenti Nikolay Timofti Kishinyovdagi namoyish ishtirokchilarining talabiga qaramasdan, iste'foga ketmasligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Men iste'foga ketmayman, chunki bunday qaror mamlakatda barqarorsizlikni keltirib chiqaradi. Hukumatdagi bo‘shliq yangi siyosiy inqirozga sabab bo‘lishi mumkin. Men bu lavozimga 2,5 yildan ko‘proq vaqt davom etgan barqarorsizlik davrini yakunlash uchun kelganman”, deb aytmoqda Timofti.

Timoftining aytishicha, uning ketishi yangi inqirozga olib keladi.
Moldova poytaxti Kishinyovda bir necha kundan beri norozilik namoyishlari davom etmoqda. Namoyish ishtirokchilari Timoftining iste'foga ketishini talab qilishmoqda.

Top