16:06 / 09.09.2015
5252

Obama ayiq yeb tugatmagan lososni yeb bitirdi

AQSh prezidenti Barak Obama ayiq yeb tugatmagan lososni yeb bitirdi. NBC kanalining Twitter orqali xabar qilishicha, bu Alyaskada kechayotgan Running Wild shousi s'yomkalari jarayonida sodir bo‘lgan.

Shou boshlovchisi Bear Grills AQSh prezidentiga ayiq chaynab, tashlab ketgan baliqdan totib ko‘rishni taklif qildi. Shundan so‘ng u baliq qoldiqlarini pishirdi va u bilan prezidentni mehmon qildi.
“Krekerlarimiz bo‘lganida baliq yanada mazaliroq bo‘lardi”, - ta'kidladi Obama tanovuldan so‘ng.

Obama Alyaskaga tashrifi doirasida shouda ham ishtirok etdi. Mintaqaga tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad 30-31 avgust kunlari Ankorijda o‘tgan Arktika bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etish bo‘ldi.

Top