16:08 / 09.09.2015
2421

O‘zbekistonlik 8 nafar bokschi o‘smirlar o‘rtasidagi JCh chorak finaliga yo‘l oldi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 15-16 yoshdagi bokschilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatida bir yo‘la sakkiz nafar o‘zbekistonlik bokschi chorak finalga chiqdi.

Endilikda, yarim final yo‘llanmasi uchun kechadigan janglarda Xalim Utegenov (-48 kg), Murodjon Aliyev (-52 kg), Bilolbek Mirzarahimov (-57 kg), Temur Merjanov (-63 kg), Dilshod Ro‘zmetov (-66 kg), Yahyoxon Saidxonov (-70 kg), Qosimxon Qosimov (-75 kg) va Profsor Rorimsha (+80 kg) kabi o‘zbekistonlik sportchilar ringga ko‘tariladi.

Shu tariqa, jahon chempionatiga yo‘l olgan 13 nafar bokschimizdan 8 nafari chorak finalga qadar yetib kelib, sovrinli o‘rinlar uchun kurashni davom ettirmoqda.
Quyida yarim final uchun ringga chiqadigan juftliklar keltirilgan.
-48 kg.: Halimbek Utegenov (O‘zbekiston) - Angel Martines (AQSh)
-52 kg.: Murodjon Aliyev (O‘zbekiston) - Samatali Toltayev (Qozog‘iston)
-57 kg.: Bilolbek Mirzarahimov (O‘zbekiston) - Artur Taniyeu (Bolgariya)
-63 kg.: Timur Merjanov (O‘zbekiston) - Taylor Joli (Shotlandiya)
-66 kg.: Dilshodbek Ro‘zmetov (O‘zbekiston) - Bulutsan Shaxin (Turkiya)
-70 kg: Yahyoxon Saidxonov (O‘zbekiston) - Alekseys Aboltins (Latviya)
-81 kg.: Rorimsha Profsor (O‘zbekiston) - Artyom Yordanyan (Gruziya)

Top