00:02 / 09.09.2015
2666

Politsiyachilar tomonidan o‘ldirilgan afroamerikalik yigit oilasiga 6 mln dollar tovon puli to‘lanadigan bo‘ldi

AQShning Baltimor shahri hukumati politsiyachilar tomonidan o‘ldirilgan afroamerikalik Freddi Greyning oilasiga 6,4 mln dollar tovon puli to‘laydigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda Fox News telekanali.

Baltimor aholisi 25 yoshli Greyning mahalliy politsiyachilar bilan bahslashuvi oqibatida o‘lganidan g‘azabga kelgan.

Shu sababli shahar aholisi norozilik namoyishi uyushtirgan. Shahar hukumati namoyishchilarni tarqatish uchun maxsus kuchishlatar operatsiya amalga oshirgan.

Sud yordamchilari hay'ati 6 nafar politsiyachini Greyning o‘limida aybdor deb topgan edi.

Grey 2015 yil 12 aprelda Baltimorda jinoiy faoliyatda ishtirok etishda gumon qilinib hibsga olingan. Politsiyachilarning ta'kidlashicha, u yashirinishga uringan. U politsiya bo‘limiga olib kelingandan biroz o‘tib, tez tibbiy yordami mashinasida shifoxonaga yetkazilgan. Komaga holatiga tushgan Grey operatsiya qilinganiga qaramasdan, bir hafta o‘tib halok bo‘lgan.

Top