08:49 / 09.09.2015
2570

Rossiya Lixtenshteynni 7:0 hisobida mag‘lub etib, G guruhida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi

Rossiya terma jamoasi 8 sentabr kuni Yevro-2016 uchun saralashning 8 tur o‘yinida safarda Lixtenshteyn bilan o‘ynadi va yirik hisobda g‘alaba qozondi.

O‘yinning birinchi taymida mezbonlar futbolchisi Kaufmann maydondan chetlatildi. Rossiya terma jamoasining 7ta javobsiz golidan 4tasiga Artyom dzyuba mualliflik qildi.

Bu guruhda Avstriya Rossiyaning guruhdagi ikkinchi o‘rin uchun asosiy raqibi Shvetsiyani 4:1 hisobida mag‘lub etgach, rossiyaliklarda ikkinchi o‘rinni egallash uchun yaxshi imkoniyat hosil bo‘ldi.

Lixtenshteyn – Rossiya 0:7 (0:3, 0:4)
Gollar: 0:1 – 21 Dzyuba, 0:2 – 40, penalti Kokorin, 0:3 – 45 Dzyuba, 0:4 – 73 Dzyuba, 0:5 – 77 Smolov, 0:6 – 85 Dzagoyev, 0:7 – 90 Dzyuba.
Lixtenshteyn – Yyele, Frik, Kaufmann, Rexshtayner, Byuxel (Gubser, 85), Burgmayyer, Xasler, Polverino, Salanovich (Kristen, 88), Kiber (Zele, 77), Yildiz.
Rossiya – Akinfeyev, Berezutskiy, Ignashevich, Smolnikov, Kombarov, Shirokov (Smolov, 75), Denisov (Glushakov, 46), Dzagoyev, Shatov (Mamayev, 65), Kokorin, Dzyuba.
Ogohlantirishlar: Kiber (58), Polverino (63).
Chetlatish: Kaufmann (40).

Top