15:34 / 09.09.2015
2776

Samvel Babayan: “Natija o‘yinga mos bo‘ldi”

Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi, 4-turi doirasidagi Filippin – O‘zbekiston (1:5) o‘yini yakunlangach, matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bugun muxlislarimizga yoqadigan, ajoyib o‘yin bo‘ldi. Natija — menimcha, adolatli. U o‘yinga to‘la mos bo‘ldi”, — deya so‘z boshladi Samvel Babayan.

Uning fikricha, raqib hisobdagi katta faqrga qaramay, Filippin tartibli va yaxshi ijrochilarga ega bo‘lgan jamoa. Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi fikricha qayd etilgan natija o‘yinga mos bo‘ldi.

“Bugun biz juda jiddiy raqibga qarshi o‘yinda maydonga tushdik. Hisobdagi katta farqga qaramay, Filippin terma jamoasi juda tartibli va yaxshi shakllangan jamoa. O‘yinda murabbiyning imzosi sezilib turibdi va yaxshi ijrochilar borligini ham ko‘rdik. Bunday hisobni avvaldan hech kim ayta olmasdi. Ammo, raqibni hurmat qilgan holda aytishim mumkinki, bugun biz kuchliroq edik va hisob ham shunga yarasha bo‘ldi”, — deydi O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi.

Top