07:13 / 09.09.2015
3356

The Guardian: Rossiya sanksiyalari mamlakatdagi pishloq sanoatining qayta tiklanishiga olib kelmoqda

Rossiyaning G‘arb sanksiyalariga javoban kiritgan oziq-ovqat embargosi Rossiyada pishloq sanoatining qayta tiklanishiga va do‘konlarda Rossiyada ishlab chiqarilgan turli pishloq turlari – Volgograd fetasi, Tver motsarellasi va Krasnodar kamamberining paydo bo‘lishiga olib keldi, deb yozmoqda The Guardian nashri.

“Sanktsiyalarning salbiy oqibatlari yaqqol ko‘rinib turibdi. Rossiyada Yevropa va boshqa davlatlardan olib kelinayotgan sanktsion mahsulotlarning yo‘q qilinishi aholining 16 foizi rasmiy nochorlik chizig‘idan pastda yashaydigan mamlakatni karaxt holga solmoqda. Yana bir salbiy tomoni shundaki, embargo Rossiyaga 2,3 mlrd yevrolik mahsulot yetkazib bergan Yevropa sut bozorining qulashiga olib keldi va bu Yevropada noroziliklar keltirib chiqardi. Biroq bu qarorda hukumatning choralarini rag‘batlantiruvchi qanday ijobiy natijalar mavjud?”, deb qiziqmoqda nashr.

Nashr o‘z savoliga javob tariqasida Rossiya sut ishlab chiqaruvchilari milliy uyushmasi rahbari Andrey Danilenkoning oziq-ovqat embargosi “rossiyalik pishloq ishlab chiqaruvchilar uchun bir yutum toza havodek” bo‘lgani haqidagi so‘zlarini keltirib o‘tdi.

Danilenkoning aytishicha, pishloq pishiruvchilar uzoq vaqt zo‘rg‘a kun kechirib kelganlar va xorijiy pishloqlar bilan raqobatlasha olmaganlar.

“Rossiyalik iste'molchi Rossiyada sifatli pishloq ishlab chiqarilishiga ishonmaydi, ular Italiya va Fransiyada ishlab chiqarilgan pishloqlarni afzal ko‘radilar”, deb shikoyat qilib o‘tdi Danilenko.

Top