18:05 / 09.09.2015
7122

Ukraina Rossiyaning Qora dengiz floti o‘z chegaralariga yaqinlashayotganini aytdi

Sea Breeze qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar chog‘ida AQSh va Ukraina harbiy floti Qora dengizda Ukraina suv hududiga yaqin joyda Rossiya floti qismlari joylashganini aniqladi. Bu haqda UNN agentligi xabar bermoqda.

“O‘quvlar chog‘ida Ukraina qurolli kuchlari o‘z suv hududiga va iqtisodiy zonasiga bevosita yaqinlikda Rossiya Qora dengiz floti kemalari: “Ladniy” qorovul kemasi va “Suzdalets” qayiqlarga qarshi kemasi turganligini aniqladi”, - deyiladi xabarnomada.

Aytilishicha, ushbu kemalarni tanish maqsadida Ukraina qismlari dengiz aviatsiyasini havoga ko‘targan. Bundan tashqari, qirg‘oq qorovuli qismlari razvedka vositalari yordamida obektlarni kuzatib borgan.

Top