18:22 / 09.09.2015
2288

Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Niko Kovach iste'foga chiqarildi

Futbol bo‘yicha Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Niko Kovach o‘z lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda mahalliy HRT Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Kovach terma jamoani 2013 yilning oktabr oyidan boshlab boshqarib kelayotgandi.

Xorvatiya terma jamoasi Yevro-2016 saralash bosqichi o‘z guruhida uchinchi o‘rinda bormoqda. Ularning hisobida 8 uchrashuvdan keyin 14 ochko mavjud. Guruhda italiyaliklar (18 ochko) yetakchilik qilmoqda, ikkinchi o‘rinda Norvegiya terma jamoasi (16 ochko) joylashgan.

Oxirgi uchrashuvlarda Xorvatiya terma jamoasi Ozarbayjon terma jamoasi bilan durang (0:0) o‘ynagan, norvegiyaliklarga esa 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

21 sentabrga qadar Xorvatiya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlanishi ko‘zda tutilgan, deb yozadi yuqorida nomi keltirilgan manbada.

Top