19:08 / 09.09.2015
7072

Yatsenyuk chechen urushida qatnashgani bo‘yicha tarqalgan gap-so‘zlarga izoh berdi

Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk o‘zining chechen urushida ishtirok etgani borasida tarqalgan gap-so‘zlarga izoh berib o‘tdi. Bu haqda TSN nashri xabar tarqatmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu «klinik tashxis qo‘yish» bo‘lgan.

«Bu Rossiya hukumati tomonidan qilingan klinik tashxis: stalincha adolat, gebbelcha tashviqot va Vladimir Putin tomonidan tasdiqlab imzolangan ko‘rinish», deydi Yatsenyuk.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Rossiya tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyukning 1990 yil o‘rtalarida Rossiya qurolli kuchlariga qarshi Checheniston tarkibida jang olib borgani haqida ma'lum qilgandi.

Top