11:42 / 09.09.2015
3144

Yaypanda nuroniylar uchun yangi choyxona qurib berildi

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani Yaypan shaharchasida “Otalar choyxonasi”ning foydalanishga topshirilishi istiqlol ayyomi bayramida keksa avlod vakillariga munosib tuhfa bo‘ldi. Bu haqda UzA nashri xabar qilgan.

Choyxona “Hamkorbank”ning Qo‘qon shahar filiali ko‘magi bilan tadbirkor Ma'muraxon Nasrullayeva tomonidan barpo etilgan. Bu yerda nuroniylarning maroqli hordiq chiqarishi, vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun barcha sharoit yaratilgan.

“Otalar choyxonasi” bunyod etilishi yurtimizda biz, keksalarga ko‘rsatilayotgan ulkan e'tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir samarasi bo‘ldi. Bu yerda diydorlashib, bir piyola choy ustida gurunglashish, shaxmat-shashka o‘ynash, biror ko‘rsatuv yoki filmni birga tomosha qilish, fikrlashish mumkin", – deydi mehnat faxriysi Mirzaali Dehqonov.

Top