15:40 / 09.09.2015
2909

Yunker: Yevropa – umidsizlik dunyosidagi umid orolchasi

Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker YeI ko‘proq qochqinlarni qabul qilish kerak. U qochqinlar soniga o‘rnatilgan cheklovni 120 ming kishigacha ko‘paytirishni taklif qildi.
“Qat'iy choralar vaqti keldi. Bizning insonparvarligimiz birinchi o‘rindadir.

Yevropadan adolat kutishmoqda. Hozir qo‘rqadigan palla emas. Yevropada deyarli hamma qochqin bo‘lgan. Insonlarni qutqarish bizning majburiyatimizdir. Yevropa – umid o‘lkasi, umidsizlik dunyosidagi bir orolchadir. Yevropa dunyodagi eng barqaror joydir”, - ta'kidladi siyosatchi.
Shuningdek, Yunker Italiya, Gretsiya va Vengriyadagi 120 ming qochqinni boshqa hududlarga majburiy ko‘chirishni taklif qildi.
“Ularning yeriga yangi qochqinlar kelishi mumkin.

Ularni nazorat qilish uchun maxsus xizmat tashkil etiladi. Migratsiyani rasmiylashtirish, Yevropaga kirishning rasmiy yo‘llarini yaratish lozim, bu bilan muhojirlarni tashish hisobidan pul ishlayotgan kontrabandachilarning noqonuniy daromadlariga chek qo‘yamiz”, - dedi u.

Top