15:36 / 10.09.2015
2231

17-19 sentabr kunlari butun O‘zbekiston bo‘ylab “Bolalar kitobi” festivali o‘tkaziladi

17-19 sentabr kunlari O‘zbekistonning barcha viloyatlarida “Bolalar kitobi” II respublika festivali o‘tkaziladi. Tadbir O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan madaniyat va sport ishlari, xalq ta'limi vazirliklari, “Kamolot” va hokimiyatlar bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Aytilishicha, Toshkent shahridagi asosiy tadbirlar G‘afur G‘ulom nomidagi istirohat bog‘ida va Turkiston san'at saroyida o‘tkaziladi.
Festival doirasida badiiy, ilmiy-ma'rifiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy va ensiklopedik nashrlar taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

Top