19:59 / 10.09.2015
4200

Angrenda qarz evaziga sumkasini tanishlariga bergan qiz ularning ustidan tuhmat qildi

Angrenda qarz evaziga sumkasini tanishlariga bergan qiz ularning ustidan tuhmat qildi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi yozmoqda.

Aytilishicha, Go‘zal Sayyodova Ahmadbek va Valijon ismli yigitlar bilan uchrashib, spirtli ichimliklar ichgan. So‘ng ular Begzod Jobirovning uyiga borishgan. U yerda ikki orada kelishmovchilik chiqib, Ahmadbek Go‘zaldan ziyofatga ishlatilgan pullarni qaytarishni talab qilgan. Go‘zal sumkasini ularga garovga berib, xonadonni tark etgan.
So‘ng qiz ichki ishlar idorasiga murojaat qilib, sumkasida 619 ming so‘m va 100 dollar borligini aytib, tanishlari ustidan arz qilgan. Dastlabki tergov chog‘ida uning yolg‘on guvohlik bergani aniqlangan.

Sud yolg‘on guvohlik bergan Sayyodovani va o‘z uyini maishatbozlarga ijaraga bergan Begzod Jobirovni jazoga tortgan.

Top