01:46 / 10.09.2015
2250

Apple iOS 9 hamda watchOS 2 operatsion tizimlarining chiqish sanasini ma'lum qildi

Apple Bill Graham Civic Auditorium binosida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada o‘zining mobil operatsion tizimining chiqish sanasini ma'lum qildi. Apple iOS 9 hamda watchOS 2 2015 yilning 16 sentabrida taqdim etiladi.

“Aqlli” soatlar uchun mo‘ljallangan watchOS operatsion tizimidagi yangi – 2-versiyasida Facebook Messenger, iTranslate tarjimoni, tibbiyotga oid AirStrip kabi ilovalar, shuningdek, “jonli” vidjyetlar yaratish imkoni, ortda qolgan vaqt ichida ekrandagi o‘zgarishlarni ko‘rishga mo‘ljallangan Time Travel funksiyasi, tunda soatni ko‘rsatish uchun yaratilgan Night Stand kabi yangi imkoniyatlar paydo bo‘ladi.

iOS 9 operatsion tizimini oldingi versiyalardan ajratib turuvchi funksiya – foydalanuvchi taqvim, qidiruv hamda Siri ovozli yordamchisini ishlatayotgan vaqtda smartfon uning harakatlarini oldindan aniqlashga harakat qiladi.

Bundan tashqari, noma'lum raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘lgan vaqtda smartfon raqam egasining ism-familiyasini aniqlashga harakat qiladi.

Apple Maps jamoat transportining yo‘nalishlarini ko‘rish imkoni paydo bo‘ladi.

Shuningdek, bir nechta nashrlardan ma'lumotlarni jamlaydigan News ilovasi ham qo‘shiladi.

iOS 9’ni o‘rnatish uchun smartfon xotirasida 1,8 GB bo‘sh joy talab qilinadi (iOS 8’da bu 4,6 GBga teng edi).

Top