18:23 / 10.09.2015
11012

Bolgariya Rossiyaning Suriyaga insonparvarlik yuklari jo‘natganiga shubha qilmoqda

Bolgariya hukumati mamlakat havo kengliklari orqali uchib o‘tishga ruxsat berganiga qaramasdan, Rossiyaning Suriyaga jo‘natayotgan insonparvarlik yuklarini tekshirish ishlari tashkil etilishini talab qilmoqda, deya xabar tarqatdi TASS.

Bu haqda mamlakat prezidenti Rosen Plevneliyev ma'lum qilgan.

”Bolgariya — NATOning eng munosib a'zolaridan. Bizda insonparvarlik parvozi va shunchaki unga o‘xshatilgan parvozning farqini baholay oladigan axborotlar, maxsus xizmat va zarur jihozlar mavjud. Biroq rossiyalik hamkorlarimiz bilan haqiqiy adolat bo‘lishi uchun ularga: uchishni xohlaysizmi, bizning aeroportga tekshiruv uchun qo‘ning, shundan so‘ng parvozingizni davom ettiravering, deya taklif qildik”, – dedi Plevneliyev.

Prezident so‘zlariga ko‘ra, mamlakat havo kengliklari bo‘ylab Suriyaga Rossiyaning insonparvarlik yuklari ortilgan samolyotganing uchib o‘tishiga uning shaxsan o‘zi taqiq qo‘ygan.

Top