16:34 / 10.09.2015
2473

Chechenistonlik deputat to‘y oldidan OIV tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risida qonun loyihasi tayyorladi

“Yedinaya Rossiya” partiyasining Chechenistondan vakili deputat Magomed Selimxanov to‘y oldidan OIV tekshiruvidan o‘tish to‘g‘risidagi qonun loyihasini Davlat Dumasi muhokamasiga kiritdi. Bu haqda TASS agentligi xabar berdi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, rossiyaliklar ZAGSga hujjat topshirishdan oldin OIV tekshiruvidan o‘tishlari hamda tegishli ma'lumotnomani boshqa hujjatlar qatori taqdim etishlari lozim bo‘ladi.
Ilgariroq bunday taklif Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova tomonidan ilgari surilgan edi.

Top