10:56 / 10.09.2015
4878

DWN: G‘arbning Suriya bo‘yicha ittifoqi barbod bo‘lmoqda

Yaqin Sharqdagi inqiroz ko‘pchilik davlatlarni o‘z ittifoqchilariga boshqacha ko‘z bilan qarashga va Rossiyaning mintaqadagi vaziyatni barqarorlashtirishdagi o‘rni muhimligini tushunishga majbur qilmoqda. Bu haqda Deutsche Wirtschafts Nachrichten nashri yozmoqda.

“Suriya masalasi bo‘yicha AQSh fronti barbod bo‘lmoqda: Avstriya va Ispaniya Bashar Asad va Putinning fikrini inobatga olishni talab qilmoqda. Vaholanki AQShning asosiy maqsadi har qanday yo‘l bilan Asadni qulatishdir”, - deyiladi maqolada.
Shu bilan birga, Yevropada migratsion inqiroz borgan sari avj olmoqda, bu esa mintaqa davlatlarini o‘z xatti-harakatlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilmoqda. Avstriya bosh vaziri Sebastyan Kurts ushbu muammoni hal qilishda Rossiyaning ham ishtiroki etishi lozimligini ta'kidlamoqda.

“2011 yili Suriyada fuqarolik urushi boshlanganida Yevropa davlatlarining fikri bir joydan chiqib, Asad hokimiyatini tugatish kerakligi ko‘p bora aytilgan edi. Ammo IShIDning harbiy muvaffaqiyatlari va qochqinlar oqimi bu masalani qayta ko‘rib chiqishga majbur qilmoqda”, - xulosa qildi jurnalist.

Top